To‘liq siklli agentlik · O‘zbekistonToshkent · O‘zbekiston bo‘ylab masofadan

Biznesni rivojlantiramiz.
Hammasini bog‘laymiz.

Marketing, saytlar, CRM, sotuv va avtomatlashtirish. Biznesingizga mos vositalar va mutaxassislarni birlashtiramiz.

Biz biznesingizga bog‘lanish kerak bo‘lgan joydan boshlaymiz.

Umumiy maqsad. Kelishilgan hamkorlik.

Reklama, sayt va sotuv bir-biriga ta’sir qiladi. Bizly ularni bitta loyihada birlashtiradi — dastlabki tahlildan ishni tashkil qilishgacha.

Biznesga mos yechim

Avval vaziyatni o‘rganamiz, keyin vositalarni tanlaymiz.

Kerakli mutaxassislar

O‘z jamoamiz bilan ishlaymiz, soha mutaxassislarini jalb qilamiz.

Aniq mas’uliyat

Vazifalar, ish hajmi va hamkorlik tartibini oldindan kelishib olamiz.

Avval suhbat. Keyin — reja.

  1. Vaziyatni o‘rganamiz

    Hozir nima ishlamayotgani va nimani o‘zgartirmoqchi ekaningizni muhokama qilamiz.

  2. Ish hajmini kelishib olamiz

    Ishlar tarkibi, ustuvor vazifalar va kutilayotgan natijani belgilaymiz.

  3. Ijrochilarni tanlaymiz

    Ishlarni Bizly jamoasi va kerakli tashqi mutaxassislar o‘rtasida taqsimlaymiz.

  4. Ishni tashkil qilamiz

    Mas’ullarni va loyiha ishtirokchilarining hamkorlik tartibini kelishib olamiz.

Loyiha Bizly boshqaruvi ostida yoki tavsiya etilgan mutaxassis bilan bevosita amalga oshirilishi mumkin.

Hamkorlik formati, vazifalar va mas’uliyatni ish boshlanishidan oldin kelishib olamiz.

Tadbirkorlar va rahbarlar · Toshkent

Bir dasturxon atrofida

Bizly asoschisining mustaqil tashabbusi

Toshkentdagi tadbirkorlar va rahbarlar uchun kechki ovqat ustidagi norasmiy uchrashuvlarni tayyorlayapmiz.

Tanishish, tajriba almashish va biznesni muhokama qilish uchun.

Birinchi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ryapmiz

Uchrashuvlar va ro‘yxatdan o‘tish haqida ma’lumot — Telegramda.

Uchrashuvlar kanaliga o‘tish

VladislavBizly asoschisi

O‘z jamoamiz va soha mutaxassislari

Ishlarning bir qismini Bizly jamoasi bajaradi. Ayrim yo‘nalishlar uchun tashqi mutaxassislarni jalb qilamiz.

Aniq vazifalar va mas’uliyat

Ish boshlanishidan oldin bajarish va loyihani muvofiqlashtirish uchun kim mas’ul ekanini kelishib olamiz.

Narx ish hajmiga bog‘liq

Narxni ish hajmi va ijrochilar tarkibini muhokama qilgandan so‘ng belgilaymiz.